Узбекистан

Шерали Абдуллаев — Йиглама Текст

Sherali Abdullayev — Yig’lama Текст

Bu uyda to‘y bo‘lmagan
O‘n besh yilning berida
Endi otang qiz berar
Baxti kulgan yerida

Tpr hovlining keng bag‘ri
Bahonangda yashnaydi
Shunday baxtli kuningda
Yig‘lasang yarashmaydi

Yig‘lama, yig‘lama
Jonim yig‘lama
Hali baxtli bo‘lasan
Dildorim yig‘lama

O‘n yettidan oshganda
Qiz haddidan oshmaydi
To‘ydek aziz kuningda
Yig‘lasang yarashmaydi

Yig‘lama, yig‘lama
Jonim yig‘lama
Hali baxtli bo‘lasan
Dildorim yig‘lama

Ro‘molingni ko‘tarma
Ko‘zyoshingga yo‘q tadbir
Suygan yorga yetolmay
Hech kim bizdek kuymabdir

O‘n yetti yil bag‘rida
Asragani gulmidi?
Qaydan bilsin otang ham
Unga ko‘ngling bo‘lmadi

Yig‘lama, yig‘lama
Jonim yig‘lama
Hali baxtli bo‘lasan
Dildorim yig‘lama

O‘n yettidan oshganda
Qiz haddidan oshmaydi
To‘ydek aziz kuningda
Yig‘lasang yarashmaydi

Yig‘lama, yig‘lama
Jonim yig‘lama
Hali baxtli bo‘lasan
Dildorim yig‘lama

Dildorim yig‘lama

Yig‘lama, yig‘lama
Jonim yig‘lama
Hali baxtli bo‘lasan
Dildorim yig‘lama

O‘n yettidan oshganda
Qiz haddidan oshmaydi
To‘ydek aziz kuningda
Yig‘lasang yarashmaydi

Yig‘lama, yig‘lama
Jonim yig‘lama
Hali baxtli bo‘lasan
Dildorim yig‘lama