Узбекистан

Mirjalol Nematov — Tak tak Текст

Mirjalol Nematov — Tak tak Текст

Majnuntolga suyanib
Ko’zim bir sen tomonda
Lablaringni burvolib
Yo’q deyishing yomonda
Qishlog’ingga boraymu
Xatirchida qolaymu
O’n sakkiz yosh bo’lvolib
Yuragimga kirvolib
Nozlanishga gerdayishga o’laymu

Tak tak seni ko’rsam quvonam
Tak tak gullar terib yuboraman
Tak tak o’zimniki qivolaman
Tak tak, tak tak, tak tak!

Sog’inganda ko’z yoshlari
Tomchilaydi chak chak chak
Meni ko’rsa chehralari
Ochiladi chak chak chak
Nega endi tan olmaysan
Sevasanu tak tak tak
Tentak tentak tak tak tak

Buloq boshi suvlari bor
Qalam qoshli bir sanam bor
Tog’lardagi qorlar erib
Zilol sochli sharsharam bor.