Узбекистан

Doston Ergashev — O’ylamadim 2 Текст

Doston Ergashev — O’ylamadim 2 Текст

Zamon shohi bo‘laman deb
Ohlar ohi bo‘laman deb
Davrim suray bu dunyoga
Faqat bir bor kelaman deb
O‘n sakkiz ming olam bor deb
O‘ylamadim-ey

Yuzim burib sabomlarga
Do‘st tutindim saroblarga
Maishat-u sharoblarga
Xasta holim xaroblarga
Qalbda iymon xonam bor deb
O‘ylamadim-ey

Oromimga jonin tutgan
Baxtim uchun umrin tikkan
Men daydisar bolasini
Necha yillar mushtoq kutgan
Qishlog‘imda oilam bor deb
Yo‘qlamadim-ey

Yuzim burib yallolarga
Soxta go‘zal Laylolarga
Nuqta qo‘yib bu o‘tkinchi
Telbasifat dunyolarga
Bir kun qilar nolam bor deb
Anglamadim-ey

Yo‘lim kutgan suyukligim
Menda ko‘ngil kuyukligim
Unga yoqar asl holim
Qiziqtirmas buyukligim
Mehri so‘nmas lolam bor deb
Siylamadim-ey

Hoy odamlar-odamlar
Menga parvo qilmanglar
U boyvachcha baxti yo‘q deb
Siz ustimdan kulmanglar-ey
O‘ylamadim-ey

Umrim degan savdosidan
To‘ydim zar-u tillosidan
Baxtim kulsa oromim yo‘q
Charchadim bu savdosidan
Imkon topay choram bor deb
O‘ylamadim-ey

Imkon topay choram bor deb
O‘ylamadim-ey