Узбекистан

Далер Лапасов — Она сизни согиндим ёмон Текст

Далер Лапасов — Она сизни согиндим ёмон Текст

Bu shaharning ko‘chalari keng
Ko‘nglim meni qo‘ymaydi omon
Bo‘laolmas hech kim sizga teng
Ona sizni sog‘indim yomon

Ishonibman do‘stim deganda
Do‘st deganim soxta ekan-da
Yolg‘iz qolib dil og‘riganda
Ona sizni sog‘indim yomon

Sog‘indim yomon, sog‘indim yomon
Ona sizni sog‘indim yomon (2x)

Bilolmayman yaqinlarim kim
Kim do‘stim-u kimlar dushmanim
Siz edingiz bir ishonganim
Ona sizni sog‘indim yomon

Kulfat boshda, ketdi do‘st-u yor
Asl yuzin qildilar oshkor
Axir sizdan bo‘lak kimim bor?
Ona sizni sog‘indim yomon

Sog‘indim yomon, sog‘indim yomon
Ona sizni sog‘indim yomon (2x)

Sog‘indim yomon, sog‘indim yomon
Ona sizni sog‘indim yomon (2x)